Malayziyada yuzlab odamlar daryoga kimyoviy chiqindilar oqizilishidan jabrlandi

Jahon 08:04 / 14.03.2019 2796

Malayziya hukumati xavfli kimyoviy chiqindilar daryoga oqizilgan mamlakat janubidagi 110 dan ko‘proq maktabni yopishga qaror qildi. Bu haqda The Star nashri xabar berdi.

Voqea oqibatida shifoxonalarga yuzlab odamlar tushgan. 

Maktablar uchun taqiqlov ta'lim vazirligining tegishli farmoyishi chiqarilmaguncha amal qiladi. Ta'lim vaziri Mazli Malik Joxor viloyatidagi Pasir Gudang shahrida yuzaga kelgan vaziyatni “juda og‘ir” deb baholagan. U maktablarning barcha xodimlari “darhol har qanday faoliyatni to‘xtatishi zarurligi”ni buyurgan.

Ayni vaqtda shahar orqali oqib o‘tuvchi Sungay Kim daryosiga kimyoviy chiqindilar oqizilishidan 400 ga yaqin odam jabrlangan, ulardan ko‘pchiligi shifoxonalarga yotqizilgan. Huquq-tartibot idoralari daryoning ifloslanishiga shina va rezina mahsulotlarni qayta ishlovchi korxonaning noqonuniy faoliyati sabab bo‘lganini aniqlagan. Kichik zavod egasi qo‘lga olingan. Yaqin orada unga ayblov e'lon qilinishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: