Mahkumlar soni bo‘yicha yetakchi davlatlar

Jahon 16:31 / 14.03.2019 48819

Qonunbuzarlik ko‘p hollarda panjara ortiga yetaklaydi. Dunyoning har bir davlati o‘z hududida amal qiluvchi o‘ziga xos qonunlarga ega va ulardagi mahkumlar soni ham tabiiyki turlicha. Bu borada rasmiy statistika har 100 ming kishiga necha nafar mahkum to‘g‘ri kelishiga qarab yuritiladi.

Qiziqarli ma'lumotlar:

* birgina AQShning o‘zida panjara ortida ozodlik yoki o‘limni kutayotgan mahkumlar soni butun Yevropa davlatlarinikidan ham ko‘proqdir;

* Yevropa davlatlari orasida mutlaq yetakchi Rossiya hisoblanadi va bu mahkumlarning aksariyati qotillik uchun panjara ortiga ravona bo‘lgan;

* Yevropada hamon yetakchi bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda Rossiyada mahkumlar soni kamayib bormoqda. Masalan, bu davlatda 2008 yilda 100 ming kishiga 625 kishini tashkil qilgan bo‘lsa, keyinchalik bu ko‘rsatkich 394 kishiga qadar tushgan;

* qaysidir davlatda mahkumlar soni ko‘pligi inson huquqlarining poymol qilinishini anglatmaydi. Masalan, AQSh bu borada birinchi, Afg‘oniston esa 167-o‘rinda. Bu davlatlardagi inson huquqlari bo‘yicha holatni albatta solishtirib bo‘lmaydi. Ammo bu faktor ham yo‘q emas – ko‘pchilik davlatlarda muxolifat qattiq ta'qib qilinadi va siyosiy mahbuslar talaygina.

Demak 2018 yil ma'lumotlari bo‘yicha har 100 ming kishiga to‘g‘ri keluvchi va umumiy mahkumlar soni bo‘yicha yetakchi davlatlar reytingi quyidagicha:

O‘zbekiston bu ro‘yxatda 100 ming kishiga to‘g‘ri keluvchi 150 mahkum bilan 105-o‘rinni egallagan. Bu boradagi eng kam ko‘rsatkich Gvineya-Bisauda qayd etilgan bo‘lib, 220-o‘rinni egallagan bu davlatda 100 ming kishiga 10 mahkum to‘g‘ri keladi va umumiy mahkumlar soni bor-yo‘g‘i 196 nafarni tashkil qiladi.

Abror Zohidov tayyorladi.

Ko‘proq yangiliklar: