Guaydo Venesuelaning amaldagi hukumatini ketkazish uchun "barcha yo‘llar"ni ko‘rib chiqmoqda

Jahon 15:28 / 14.03.2019 7798

Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo Venesuela hukumatini chetlatish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan hech bir harakatni istisno qilmayapti. U bu haqda El Pais gazetasiga intervyusida ma'lum qildi.

"Biz Venesuelada hamma narsani qo‘llab ko‘rdik. Har doim zo‘rlik ishlatmasdan va kurashda davom etamiz. Hukmronlikka chek qo‘yish uchun barcha yo‘llar haqida aytishim lozim", - dedi u.

Venesuela ishiga tashqaridan aralashuv haqidagi savolga javob berarkan, u buni "bahstalab yo‘l" dedi. 

"Bundan tashqari, aralashishning imkoni yo‘q, chunki hamkorlik haqida iltimos qiladigan hukumat vazifasini bajaruvchilar bor", - dedi Guaydo o‘zini nazarda tutib.

"Men venesuelaliklarga ishonaman, harbiylar esa venesuelaliklar", - dedi u.

23 yanvar kuni muxolifat yetakchisi o‘zini Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi deb e'lon qildi. Uni AQSh va YeIdagi qator davlatlar tan oldi. Prezident Nikolas Maduro bu voqeani davlat to‘ntarishi deb atadi. Uni Rossiya, Boliviya, Eron, Xitoy, Kuba, Nikaragua, Salvador, Suriya va Turkiya qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: