Dubayda 1,3 million dollarlik parfyum namoyish etildi

Jahon 21:28 / 14.03.2019 11089

Spirit of Dubai Parfums brendi ham ayollar, ham erkaklarga to‘g‘ri keluvchi yangi Shumukh parfyumini namoyish qildi. 1,3 million dollarlik (4,752 million dirhamlik) parfyum dunyodagi eng qimmat atir  sifatida e'tirof etildi. 

Muran shishasidan ishlangan flakon 1,97 metr balandlikdagi "shohsupa"ga qo‘yilgan, u 3,5 ming olmos, topaz, marvarid, oltin va kumush bilan bezatilgan. Parfyumning bejirim "libosi" Arab amirliklari tarixiga borib taqaladi. Flakonda tilladan ishlangan arab chavandozlari, atirgullar va lochin aks ettirilgan. 

Shumukh muallifi sifatida Nabeel Perfumes kompaniyasining bosh parfyumeri Asgar Adam Ali e'tirof etildi. U Shveytsariya, Italiya va Fransiyadan yordamchi  mutaxassislarni topgan hamda ular ham ushbu "guldasta"ni yaratishga hissa qo‘shishgan. Parfyumni yaratishga uch yil sarflangan. 

Parfyumning noyobligi shundaki, u yer sharining eng uzoq burchaklaridan keltirilgan tabiiy ingridiyentlardan yaratilgan. Sandal daraxti, muskus, turk atirguli, pachuli, ilang-ilang va ladan shular jumlasidandir. 

Qimmatbaho parfyum faqat bir flakonda mavjud. Uni faqat Dubai Mall savdo markazidagi Fashion Avenue'da ko‘rish mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: