Volkswagen 10 yil ichida 70 modeldagi elektrokarlar ishlab chiqaradi

Fan-texnika 00:39 / 13.03.2019 6201

Volkswagen kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi markalar 2020 yildan boshlab 2030 yilgacha 100 foizga elektrlashtirilgan 70 ta modeldagi avtomobilni loyihalashni o‘z oldiga maqsad qildi. Bu vaqt ichida sotiladigan elektrokarlar soni 22 mlntaga yetishi kerak. 

2017 yilda 2030 yilgacha Audi, Bentley, Bugatti, Seat, Skoda, Porsche va Volkswagen brendlari ostida 50 ta modeldagi elektrokarlarni ishlab chiqarishni ko‘zda tutgan Roadmap E strategiyasi amalga oshirilishi e'lon qilingan. Konsern ekologik standartlar qat'iylashtirilganini hisobga olib, savdolarda elektromobillar ulushini 40 foizgacha yetkazishga qaror qilgan va bu maqsadda modellar bo‘yicha rejasini 70 ta yangi elektromobilgacha oshirgan. 

Konsernning ilk ekologik mashinalari Audi e-tron va Porsche Taycan bo‘ladi. E-tron joriy maydan boshlab Yevropa Ittifoqida sotila boshlanadi, Porsche Taycan esa kuz boshida taqdim qilinadi. So‘ngra I.D. xetchbegi, I.D. Crozz krossoveri, Seat el-Born xetchbegi chiqariladi.

2018 yilda elektrda yuruvchi mashinalar, jumladan elektrokarlar va gibridlardan butun dunyo bo‘ylab 2,1 mln dona sotilgan. Bu qiymatdan 69 foizi elektrokarlarga to‘g‘ri kelgan. Elektrokarlardan eng ko‘p Xitoyda sotilgan (1,182 mln dona). Bu borada 2-o‘rinni Yevropa Ittifoqi (409 mingta elektrkar) va 3-o‘rinni AQSh (308 ming mashina) egallagan.  

Ko‘proq yangiliklar: