Qurilish sohasida ilmiy-tadqiqot muassasasi tashkil etiladi

O‘zbekiston 16:05 / 13.03.2019 2630

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Energiya tejamkor va zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining qurilish sohasidagi yangi turdagi qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari, mashina va mexanizmlari va qurilish ishlari texnologiyalarini inobatga olgan holda, amaldagi milliy qurilish normalarini qayta ko‘rib chiqish, qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish borasida tadqiqot ishlarini olib borish hamda laboratoriya sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha Ilmiy-tadqiqot muassasasini tashkil etish bo‘yicha takliflariga rozilik berilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va uskunalarini klaster usulida ishlab chiqarishni joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi energiya tejamkor, import o‘rnini bosuvchi yangi turdagi qurilish materiallari va uskunalarini ishlab chiqarish sohasidagi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni targ‘ib qilish va ulardan amaliy foydalanishning mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan ustuvor muammolarni ilmiy-texnik davlat dasturi doirasida e'lon qiladi.

Bundan oldin, O‘zbekistonda qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha korxonalar to‘liq xatlovdan o‘tkazilishi xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: