Qozog‘istonda Boeing 737 MAX parvozlari to‘xtatildi

Jahon 10:51 / 13.03.2019 10650

2019 yil 13 martdan boshlab Qozog‘istonda SCAT aviakompaniyasining Boeing 737 MAX samolyotidan foydalanish vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Tengrinews Qozog‘iston Respublikasi fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasiga asosan xabar bermoqda.
 
Ta'kidlanishicha, bunday turdagi faqat bitta havo kemasi Qozog‘istondagi reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

O‘z navbatida, Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti - ICAO bunday xatti-harakatni hukumat huquqi, deb atagan.
 
«ICAO hozirda mavjud bo‘lgan cheklangan ma'lumotlar sharoitida parvozlar xavfsizligini ta'minlash uchun 737 Max 8’dan foydalanish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rish hukumatning huquqi ekanini tan oladi», - deya ma'lum qildi tashkilot vakili Entoni Filbin RIA Novosti’ga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Efiopiyadagi «aviahalokat haqida yakuniy hisobot e'lon qilinishi bilan ICAO halokatning rasmiy sabablarini tahlil qiladi hamda tavsiyalarni ko‘rib chiqadi». Shu bilan birga, ICAO’dan ta'kidlanishicha, parvozlarni taqiqlash yoki cheklash haqidagi qaror alohida mamlakatlar tomonidan mustaqil qabul qilinadi va tashkilotning vakolatiga kirmaydi.

Bundan oldin, AQSh Boeing 737 MAX 8 parvozlarini taqiqlamaslikka qaror qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: