O‘zbekistonga ko‘p martalik viza narxi ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston 14:43 / 13.03.2019 20096

Ko‘p martalik uch yillik viza rasmiylashtirganlik va berganlik uchun konsullik yig‘imi miqdori belgilandi, deb yozmoqda Norma.

Qayd etilishicha, prezidentning 6.03.2019 yildagi PF–5684-son farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi konsullik yig‘imlari tarifiga qo‘shimcha kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, EKIHning (investitsiya kiritish vaqtida o‘rnatilgan) 8 500 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, xorijiy korxona tashkil etish shaklida O‘zbekistonga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ko‘p martalik 3 yillik viza rasmiylashtirishlari mumkin. Uning amal qilish muddatini O‘zbekistondan chiqmasdan cheklanmagan miqdorda uzaytirish mumkin.

Bunday vizani rasmiylashtirganlik va berganlik uchun konsullik yig‘imi – 350 AQSh dollari undiriladi.

Hujjat 6.03.2019 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: