O‘zbekistonda avtovokzallar va avtostansiyalarga egalik qilish shartlari qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekiston 11:31 / 13.03.2019 8205

O‘zbekistonda avtovokzallar, avtostansiyalar va to‘xtash bekatlariga egalik qilish shartlari qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda yo‘lovchi va yuk tashishni yanada rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da aytilgan.

Xususan, ishlab turgan avtovokzallar, avtostansiyalar va to‘xtash bekatlariga egalik qilish shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar 2019 yil 1 aprelgacha ishlab chiqiladi.

Mas'ul ijrochilar - Transport vazirligi (Mahkamov), Moliya vazirligi (Haydarov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.

Shuningdek, avtovokzallar, avtostansiyalar, to‘xtash bekatlarini qurish, rekonstruksiya qilish va boshqarishga, tomonlarning majburiyatlari va obektlar joylashuvi standartlarini aniq belgilab, tadbirkorlik sub'yektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida jalb etish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar ishlab chiqiladi.

Mas'ul ijrochilar - Transport vazirligi (Mahkamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Bekenov), Moliya vazirligi (Haydarov), Adliya vazirligi (Davletov).

Bundan oldin, «O‘zbekiston - Tojikiston - Xitoy» tajriba-sinov avtokarvoni tashkil etilishi xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: