O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi hamkorlik yanada rivojlantiriladi

O‘zbekiston 14:07 / 13.03.2019 2278

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy va texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishida ishtirok etish uchun rasmiy delegatsiya tarkibida Toshkent shahriga kelgan BAA tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari Sulton Muhammad ash-Shamisiyni qabul qildi.

TIV xabariga ko‘ra, 1 mart kuni Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan ikki davlat tashqi siyosat idoralari rahbarlarining muzokaralari davomi sifatida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish borasida fikr almashilgan.

Uchrashuvda BAAning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi raisligi boshlanishi munosabati bilan mazkur tashkilot doirasidagi hamda Afg‘onistonda tinchlik jarayonining muhim qismi bo‘luvchi yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishdagi o‘zaro aloqalarga alohida e'tibor qaratildi.

Ko‘proq yangiliklar: