«O‘zbekiston - Tojikiston - Xitoy» tajriba-sinov avtokarvoni tashkil etiladi

O‘zbekiston 10:39 / 13.03.2019 8192

«O‘zbekiston - Tojikiston - Xitoy» tajriba-sinov avtokarvoni tashkil etiladi. Bu haqda yo‘lovchi va yuk tashishni yanada rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da aytilgan.

Hujjat bilan «O‘zbekiston - Tojikiston - Xitoy» yo‘nalishi bo‘yicha tajriba-sinov avtokarvonini tashkil etish bo‘yicha tegishli tashkiliy tadbirlar 2019 yil 1 sentyabrgacha ishlab chiqiladi.

Mas'ul ijrochilar - Transport vazirligi (Mahkamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Tashqi ishlar vazirligi (Komilov).

Shuningdek, amalga oshirilayotgan xalqaro avtomobilda yuk tashish turini belgilash mezonlari va tartibi ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi. 

Tegishli idoraviy hujjat 2019 yil 1 iyulgacha tayyorlanadi. Mas'ul ijrochilar - Transport vazirligi (Mahkamov), DBQ (Azimov).

Ko‘proq yangiliklar: