Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi sohasida Niderlandiya bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston 20:46 / 13.03.2019 3477

Niderlandiya Qirolligi elchisi Rene Jons-Bos (qarorgohi Moskvada) boshchiligidagi delegatsiya qishloq xo‘jaligi sohasida investitsion hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun Namangan viloyatiga keldi.

Mehmonlar tashrifni Namangan viloyati hokimligi qoshidagi Gulchilikni rivojlantirish markazini ko‘zdan kechirishdan boshladilar. Ertaga Rene Jons-Bos xonimni Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov qabul qiladi, deb yozadi Nampravda.uz.

Namanganga Niderlandiya delegatsiyasi tarkibida o‘z yo‘nalishlarida yetakchi mavqeda bo‘lgan 50dan ortiq qishloq xo‘jalik kompaniyalari vakillari kelishgan.

Foto: Nampravda.uz

Delegatsiya uch kun davomida Namangan viloyatidagi qishloq xo‘jalik korxonalarining iqtisodiy salohiyati va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari bilan tanishadi. Shuningdek O‘zbekiston-Niderlandiya biznes-forumi ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: