Jamshid Qo‘chqorov Moskvaga boradi

O‘zbekiston 13:57 / 13.03.2019 15848

O‘zbekiston delegatsiyasi MDH Iqtisodiy kengashining majlisida ishtirok etadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda

«2019 yilning 15 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov boshchiligidagi delegatsiya Moskva shahrida MDH Iqtisodiy kengashining 81-majlisida ishtirok etadi», - deyiladi TIV xabarida.

MDH Ijroiya qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, majlis kun tartibiga MDH davlatlarining iqtisodiy sohadagi o‘zaro hamkorligi bo‘yicha keng doiradagi masalalar kiradi. Xususan, davlatlar axborot xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish muhokama qilinadi. Elektron savdo sohasida iste'molchilar huquqlarini ta'minlash masalasi kun tartibida alohida o‘rin tutadi.

Majlisda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a'zo davlatlar bojxona organlari o‘rtasida intellektual mulk obektlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlik ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, majlis qatnashchilari bir qator boshqa moliyaviy va tashkiliy masalalarni muhokama qiladilar. 

Ko‘proq yangiliklar: