Hindiston Pokiston bilan chegarada harbiy samolyotlari uchun panohgohlar quradi

Jahon 22:16 / 13.03.2019 4604

12 mart kuni Hindiston federal hukumati mamlakat harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari uchun 110 ta himoyalangan panohgohlar qurish haqidagi qarorni qabul qildi. 

Ma'lum qilinishicha, himoya istehkomlari Pokiston bilan chegaradagi hududlarda quriladi.

Hindistonning “Jagran” axborot agentligi ma'lum qilishicha, bu inshootlar samolyotlarni dushman bombardimonlaridan himoyalash uchun xizmat qiladi.

Loyiha qiymati 50 mlrd rupiyga (718 mln dollar) baholangan.

Ayni vaqtda Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ziddiyatlar sababli keskin ko‘rinish olgan.

Ko‘proq yangiliklar: