Birinchi yadro bombasi portlashining qayta tiklangan videosi namoyish qilindi 

Jahon 22:02 / 13.03.2019 65805

Internetda dunyodagi birinchi yadro quroli – “Triniti” bombasi portlashining restavratsiya qilingan videosi paydo bo‘ldi. Video Youtube’dagi atomcentral kanalida joylashtirilgan.

Videoda qayd qilingan portlash 1945 yilda AQShning Nyu-Meksiko shtatidagi Alamogordo poligonida amalga oshirilgan.

Portlash kuchi 21 kilotonna trotilga teng bo‘lgan. Portlash markazi yaqinidagi minora yo‘q bo‘lib ketgan, atrofdagi asfalt bo‘lsa qum holatigacha erib ketgan.

Bomba sinovi AQShning Manxetten loyihasi doirasida o‘tkazilgan. Bu loyiha davomida uchta atom bombasi yaratilgan. “Bolakay” va “Meshqorin” deb nomlangan qolgan ikkita bomba Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashlangan.

Foto: reddit
Foto: reddit
Foto: reddit
Foto: reddit
Foto: reddit
Foto: reddit
Foto: reddit
Ko‘proq yangiliklar: