Ayollarning global darajadagi rahbar bo‘lishida yordam beruvchi va to‘sqinlik qiluvchi omillar

Light 01:13 / 13.03.2019 6240

Kompaniyalarni boshqaruvchi ayollar erkaklarga qaraganda ancha kam, lekin ular global mehnat bozoriga ishonch bilan va juda jiddiy pozitsiyalar sari qadam tashlashmoqda. Nima uchun shunday bo‘lmoqda? Bu ayollarning xalqaro karerada yordam beruvchi qanday kuchli tomonlaridan dalolat beradi?

Hozircha global SeO eksporti bo‘yicha norasmiy raqobatda katta farq bilan Hindiston yetakchilik qilmoqda. Eng yirik kompaniyalardagi SeO bo‘yicha Fortune 500 ro‘yxatidan 10 nafar hindistonlik ayol o‘rin olgan. Ayollarning qaysi xususiyatlari ularning karerada yuqorilishiga sabab bo‘la oladi? Forbes shu mavzudagi maqolasi bilan bo‘lishdi.

Muvaffaqiyatli global karera tarkibiy qismlari

Piramida ko‘rinishidagi karera uchun kerakli bo‘lgan barcha sifat va ko‘nikmalarni tasavvur qiling. Ushbu piramidaning pastki qismida yuqori darajali funksional ekspertiza (masalan, sotuvlarni boshqarish mahorati), kutilganidan-da yuqori natijalarga erisha bilish, katta jamoalarda yetakchilik qilish, biznesni rivojlantirish strategiyasini qura bilish kabi xususiyatlar yotadi. Funksional direktorlar darajasida ko‘nikmalar bo‘yicha erkaklar va ayollar deyarli birdek natijaga ega, biroq top-jamoalar ulushi va karera qurish tezligi bo‘yicha emas, zero ayollarda farzandni dunyoga keltirish bilan bog‘liq tanaffus kuzatiladi.

Kareraning keyingi rivojida bu ko‘nikmalarning bari yuqori darajali menejyerlarning odatiy sifatlariga aylanadi. O‘yinga boshqa xususiyatlar qo‘shiladi — tenglar jamoasida ishlay bilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hukm o‘tkazmay ishontira olish, turli toifadagi kishilar bilan munosabatlar o‘rnatish va h.k. Aynan shu bosqichda ayollar o‘zlarining ustun jihatlarini namoyish etib, ilk ballarini qo‘lga kiritishadi.

Shunday bo‘lsa-da, bu yo‘lda ularga nimalar to‘sqinlik qilishi mumkin? Eng avvalo - ularning kuchli tomonlarining aks ta'siri.

"Tormozlovchi" omillar

Perfeksionizm. Muvaffaqiyatli ayol uchun ishni maksimal darajada yaxshi, ko‘p va chiroyli bajarish xos. Biroq inson karerada yuqorilagani sayin kamroq perfeksionist bo‘lishi kerak — aks holda "yonib ketadi", tajriba qila olmaydi va boshqalar undan o‘zib ketadi.

Boshqalar haqida qayg‘urish. "Ona effekti" — o‘z jamoasiga oilasiga kabi munosabatda bo‘lish. Shu sabab karerada davom etish uchun qadrdon xodimlarni "tashlab ketish" qiyin, natijada esa kompaniyadagi odamlarga ortiqcha bog‘lanish yuzaga keladi.

Kamtarlik. "Natijalar bizning o‘rnimizga so‘zlaydi" — ayol kishining o‘z muvaffaqiyatlari haqida ayni baralla ma'lum qiladigan damdagi yondashuvi.

Ziddiyatlarni chetlab o‘tish. Masalan, karerada yuqorilashga da'vogarlik qilish, kompensatsiyani oshirishni talab qilish. Ayollar ko‘pincha adolatga umid qilishadi, ammo yetakchilik uchun buning o‘zigina yetarli emas.

Ayollarning past geografik mobilligi. Oilani boshqa mamlakat yoki boshqa shaharga "tashib yurish" juda qiyin. Ayollar uchun o‘z karerasini turmush o‘rtog‘ining karerasi bilan muvofiqlashtirish murakkab kechadi.

O‘z karerasida global darajaga chiqmoqchi bo‘lgan ayollar nima qilishlari mumkin? Agar birgina maslahat berish kerak bo‘lsa, u quyidagicha bo‘ladi: netvorking bilan shug‘ullaning. Sizning muvaffaqiyatlaringiz va rejalaringizdan kompaniya ichida hamda tashqi bozordagi kishilar yaxshi xabardor bo‘lishi kerak. Netvorking orqali o‘z ko‘nikmalaringizni rivojlantiring va boshqalardan foydali tomonlarni o‘rganing. Shunda katta ehtimol bilan global darajada o‘sish uchun imkoniyatlar paydo bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: