AQSh Venesuela hukumatini mamlakatni tark etishga chaqirdi

Jahon 09:07 / 13.03.2019 10803

AQShning Venesuela bo‘yicha maxsus vakili Elliott Abrams ma'lum qilishicha, Vashington Venesuela hukumatining ba'zi a'zolari respublikani tark etishini xohlaydi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Venesuela hukumatining bir qator vakillari mamlakatni siyosiy o‘tish davri shartlaridan biri sifatida tark etishi kerak.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh boshqa davlatlar bilan Venesuela hukumati a'zolari uchun boshpana taqdim etish imkoniyatini muhokama qilmoqda.

Abramsning qayd etishicha, venesuelalik siyosatchilardan hozircha hech biri respublikani tark etishga rozilik bermagan. 

Bundan oldin, muxolifat yetakchisi Xuan Guaydo Venesuelaga ikki mamlakat yordam berishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: