AQSh Eronning neft eksportini nolga yetkazishga qaror qildi

Jahon 09:31 / 13.03.2019 10452

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilishicha, Vashington Tehronning neft eksportini nolga tushirib yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Erondan «normal mamlakat kabi o‘zini tutishi»ni talab qilmoqda.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Vashington Tehronga qarshi sanksiyalar siyosatini davom ettirmoqchi.

Avvalroq, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQShning Eronga qarshi fitnalari muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqida ma'lum qilgandi.

Bundan oldin, Tramp Eronga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirgani xabar berildi.

Ko‘proq yangiliklar: