Yevropa Ittifoqida Boeing 737 Max parvozlari to‘xtatildi

Jahon 23:38 / 12.03.2019 5748

Yevropaning aviatsiya xavfsizligi agentligi Efiopiyadagi aviahalokatdan keyin Boeing 737 Max samolyotlarining Yevropa Ittifoqi havo hududida parvozlarini taqiqladi.

“EASA ehtiyot chorasi sifatida UTC vaqti bilan soat 19.00da kuchga kiradigan va Yevropada Boeing 737 Max 8 va 737 Max 9 modellaridagi samolyotlarning barcha parvozlarini vaqtinchalik to‘xtatadigan farmonni e'lon qildi”, deyilgan agentlik xabarida.

Bundan tashqari, agentlik Yevropa aviakompaniyalari bo‘lmagan kompaniyalarga tegishli bo‘lgan ushbu modifikatsiyadagi samolyotlar uchun ham havo hududi yopilishiga ko‘rsatma bergan.  

Ayni vaqtda bir qator aviakompaniyalar, turoperatorlar va davlatlar Boeing 737 Max parvozlarini to‘xtatganlarini e'lon qilishgan.

Boeing 737 Max 8 halokati 10 mart kuni ertalab Efiopiyada yuz bergan. Fojia oqibatida samolyotda bo‘lgan barcha 157 kishi halok bo‘lgan. 2018 yil 29 oktyabrda ham Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyasiga tegishli shu modeldagi samolyot parvoz boshlangandan 13 daqiqa o‘tib halokatga uchragandi.  

Ko‘proq yangiliklar: