Tramp o‘z rafiqasining qiyofadoshidan foydalanganlikda gumon qilinmoqda

Jahon 23:52 / 12.03.2019 24924

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari AQSh prezidenti Donald Trampni Alabamaga tashrifi vaqtida rafiqasi o‘rniga uning qiyofadoshi “xizmati”dan foydalanganlikda gumon qilishmoqda.

Tramp va uning rafiqasi Melaniya Alabamaga vayronkor tornadodan jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun kelishgan. Biroq ba'zi foydalanuvchilarning fikricha, Trampga rafiqasi Melaniya emas, balki uning qiyofadoshi hamrohlik qilgan. 

Foydalanuvchilarning aytishicha, Trampning tashrifi vaqtida olingan suratda u bilan birga bo‘lgan ayolning birinchi xonimdan pastroqligini ko‘rish mumkin. Ba'zilar Melaniyaning baland poshnali tuflida yurishga odatlanganini, fotodagi ayol esa krossovkalarda bo‘lganini qayd qilib o‘tishgan.

Hattoki ayolning terisi tusi ham shubha tug‘dirgan. Shundan keyin tvitterda foydalanuvchilar orasida #FakeMelania (Soxta Melaniya) xeshtegi ostida qizg‘in bahs boshlangan.

“Soxta” Melaniya haqidagi gaplar ilk bor 2017 yilda urchigan.

Ko‘proq yangiliklar: