OAV: AQSh va toliblar Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilishiga kelishib olishdi

Jahon 20:42 / 12.03.2019 9364

AQSh delegatsiyasi va “Tolibon” harakati vakillari Dohadagi muzokaralarning so‘nggi kunida terrorizmga qarshi kurashish va Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilishi to‘g‘risidagi kelishuv loyihasini tuzishdi. Bu haqda TOLOnews telekanali o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Ingliz va pushtun tillarida bitilgan kelishuv tafsilotlari ma'lum qilinmayapti.

AQSh 2001 yildan buyon Afg‘onistonda “Tolibon” va boshqa guruhlarga qarshi harbiy operatsiya olib bormoqda.  

AQSh va toliblar o‘rtasidagi muzokaralarning yangi bosqichi 25 fevral kuni Dohada boshlandi. Avvalroq AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod o‘zaro muzokaralar sermahsul o‘tayotganini xabar qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: