Keyingi avloddagi iPhone’da paydo bo‘lishi kutilayotgan yangi funksiyalar oshkor qilindi

Fan-texnika 08:56 / 12.03.2019 9763

2019 yil kuzida taqdim qilinadigan yangi avloddagi iPhone qurilmasida 3D-suratlar olish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Business Insider nashri xabar berdi. 

Yangi avloddagi iPhone’da paydo bo‘lishi kutilayotgan yangi funksiyalardan biri uchta linzali kamera bo‘ladi. Shu tariqa Apple o‘z qurilmalarini bunday kameralar bilan jihozlagan Samsung va Huawei kompaniyalariga yetib oladi. AQSh kompaniyasi yangi iPhone’larini 3d-kameralar bilan 2020 yildan jihozlashi kutilmoqda, biroq ushbu texnologiya bungacha iPad planshetlarida sinab ko‘rilishi mumkin.

Bundan tashqari, smartfon egasini tanishga mo‘ljallangan Face ID dasturi yaxshilanadi.

Shuningdek, yangi qurilmada Samsung Galaxy S10’da o‘rnatilgandek boshqa qurilmalarni quvvatlash funksiyasi paydo bo‘lishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: