Internet yaratuvchisi uning kelajagidan tashvish bildirdi

Jahon 22:12 / 12.03.2019 13057

Internet yaratuvchilaridan biri Tim Berners-Li internetni “nobop” deb atagan ochiq maktub e'lon qildi. 

Olimning ta'kidlashicha, insoniyat internetni qutqarish uchun harakat qilishi lozim, aks holda uni to‘liq muvaffaqiyatsizlik kutmoqda. Berners-Lining aytishicha, internet zamonaviy hayotni sezilarli yengillashtirishga imkon bergan, biroq u bilan bog‘liq bir qator salbiy oqibatlar, jumladan firibgarliklar, adovat va nafratni tarqatish kabilar mavjud.

“Internetning suiiste'mol qilinishi haqidagi ko‘plab voqealardan keyin ko‘plab odamlar undan qo‘rqishlari va “jahon o‘rgimchak to‘ri” ezgulik kuchi ekanligigiga ishonqiramasliklariga ajablanmasa ham bo‘ladi”, deb aytilgan olimning maktubida.  

Berners-Li, shuningdek, axborotning nazoratsiz tarqatilishi oqibatida yuzaga keluvchi salbiy oqibatlarga ham e'tibor qaratgan. Uning aytishicha, onlayn-hamjamiyat bunday holatlarga qarshi kurashishi lozim.

“Tarmoq – hamma uchun, uni o‘zgartirish uchun hammada kuch bor. Bu oson bo‘lmaydi. Biroq biz biroz orzu qilib, harakat qilsak, unda o‘zimiz istagandek internetni olamiz”, deb o‘z so‘zlarini intiholagan olim.  

Internetni yaratish g‘oyasi Berners-Lida 1980-yillar o‘rtalarida Yevropa yadroviy tadqiqotlar tashkilotidagi faoliyati davomida paydo bo‘lgan. O‘sha kezlarda olim internetning prototipi bo‘lgan Enquire dasturini yaratish ustida ishlagan. “Jahon o‘rgimchak to‘ri” nomini ham aynan Berners-Li o‘ylab topgan.

Ko‘proq yangiliklar: