Germaniya Boeing 737 MAX 8 samolyotlari uchun havo sarhadlarini yopadi

Jahon 20:53 / 12.03.2019 4174

Efiopiyada yuz bergan Boeing 737 MAX 8 samolyoti halokatidan so‘ng Germaniya havo hududi ushbu rusumdagi laynerlar uchun yopiladi. Bu haqda GFR transport vazirligi vakili ma'lum qildi, deb xabar berdi dpa agentligi.

Sal avvalroq Germaniyaning Tui konserni Boeing 737 MAX 8 samolyotlaridan barcha yo‘nalishlarda voz kechishini ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni Ethiopian Airlines aviakompaniyasining Addis-Abebadan Nayrobiga parvozni bajarish vaqtida Boeing 737 samolyoti halokatga uchradi.

Efiopiyadagi fojiadan so‘ng Xitoy, Indoneziya, Vetnam, Singapur va Malayziya Boeing 737 MAX 8 samolyotlaridan foydalanishni vaqtinchalik to‘xtatib turishlarini ma'lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: