Superligada duranglar sindromi. Surxondaryodagi o‘yinda ham g‘olib aniqlanmadi

Sport 15:10 / 10.03.2019 5818

O‘zbekiston chempionatining 1-turida yana bir o‘yin yakunlandi. Yuqori divizionga qaytgan «Surxon» o‘z maydonida Bekobodning «Metallurg»i bilan durang o‘ynadi – 1:1.

6-daqiqada Farg‘onaning «Neftchi» klubidagi o‘yinlari bilan tanilgan, yangi mavsumdan surxondaryoliklar jamoasi safida harakat qilayotgan hujumchi Sherzod Hakimov hisobni ochdi. 89-daqiqada bekobodliklar hisobni tenglashtirishdi. Islom Isoqjonovning jarima zarbasidan uzatgan to‘pini darvozabon qaytardi, qaytgan to‘pni esa Abbos Otaxonov darvozaga yo‘llab muvozanatni tikladi.

Shu tariqa, chempionatning 4-o‘yinida ham durang natija qayd etildi. Bungacha «Qizilqum» - «Andijon» (1:1), «Dinamo» - «Nasaf» (1:1) hamda OKMK - «Buxoro» (0:0) o‘yinlarida ham g‘olib aniqlanmagandi.

Superliga-2019
1-tur
«Surxon» - «Metallurg» 1:1

Gollar: Sherzod Hakimov (6) – Abbos Otaxonov (89).
Surxon: 1.Asilbek Omonov, 2.Abduqahhor Hojiakbarov, 5.Ayubxon No‘monov, 6.Rahmatullo Berdimurodov, 8.Sherzod Karimov (Abdulaziz Yusupov), 9.Dilshod Jabborov, 10.Shavkat Salomov (Abror Ismoilov), 20.Husniddin G‘ofurov, 21.A'zam Aliyev, 44.Darko Stanoyevich, 91.Sherzod Hakimov (Azamat Allaniyozov).
Metallurg: 1.Zafar Safoyev, 5.Abbos Otaxonov, 6.Ibrohim Yo‘ldoshov (Bahrom Abdurahimov), 8.Server Jeparov (Muhammad Isayev), 10.Islom Isoqjonov, 17.Muzaffar Muzaffarov, 18.Shavkat Mullajonov, 21.Komoliddin Tojiyev, 28.Stanislav Andreyev, 30.Andrey Shipilov, 70.Sergey Tumasyan (Zohid Abdullayev).

Ko‘proq yangiliklar: