Foto: «Lokomotiv» Dohaga yetib keldi

Sport 14:27 / 10.03.2019 10032

«Lokomotiv» Osiyo Chempionlar ligasining 2-turi doirasida Qatarning «Ar-Rayyan» klubiga qarshi o‘yin uchun Dohaga yetib keldi. Jamoa charter reys orqali 3,5 soatlik parvozdan so‘ng Qatar poytaxtiga qo‘ndi.

Tribuna.uz muxbirining Dohadan xabar berishicha, «temiryo‘lchilar» «Wyndham Grand Regency Doha» mehmonxonasiga joylashishgan. Al-Sadd tumanidagi bu mehmonxonadan ertangi uchrashuv bo‘lib o‘tadigan «Jassim Bin Hamad» stadioniga 10 daqiqada yetib olish mumkin.

Bugun tushdan keyin o‘yinoldi rasmiy tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Matbuot anjumanlari va rasmiy mashg‘ulotlardan tezkor yangiliklarni Tribuna.uz`da kuzatib boring.

Eslatib o‘tamiz, «Ar-Rayyan»-«Lokomotiv» uchrashuvi 11 mart, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:35da (Toshkentda 20:35) start oladi. O‘yinni yaponiyalik Hiroyuki Kimura boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

«Loko» dastlabki turda BAAning «Al-Vahda» klubini qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alabaga erishgandi. «Ar-Rayyan» esa Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoa maydonidan 1:5 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytdi. Dohaliklar oxirgi uchta uchrashuvda ketma-ket yirik hisobda yutqazdi, natijada Jiddadagi o‘yindan keyin bosh murabbiy Bulent Uyg‘un iste'foga chiqarildi.

Bosh murabbiy Andrey Fyodorov Dohaga quyidagi 20 nafar futbolchini olib kelgan:

Darvozabonlar: 
Ma'mur Ikromov
Javohir Ilyosov

Himoyachilar: 
Oleg Zoteyev
Shuhrat Muhammadiyev
Davron Hoshimov
Islom To‘xtaxo‘jayev
Anzur Ismoilov
Avazbek O‘lmasaliyev

Yarim himoyachilar: 
Sardor Mirzayev
Yovan Jokich
Husniddin G‘ofurov 
Igor Yyelich
Jamshid Iskanderov
Aziz Amonov
Diyor Turopov
Arslonmurot Amanov
Bobur Ergashev

Hujumchilar: 
Temurxo‘ja Abduxoliqov
Filip Rayyevats
Alisher Shog‘ulomov

Ko‘proq yangiliklar: