Bundesliga. «Bavariya» yirik hisobda g‘alaba qozonib, peshqadam bo‘lib oldi va boshqa natijalar

Sport 22:01 / 09.03.2019 3674

Germaniya chempionatida 25-turdan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi.  

«Bavariya» o‘z maydonida «Volfsburg»ni 6:0 hisobida mag‘lub etdi. Polshalik hujumchi Levandovski 2ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. «Borussiya» D o‘z uyida «Shtuttgart»ni 3:1 hisobida yengdi. 

Yirik hisobdagi yutuq «Bavariya»ga to‘plar nisbatiga ko‘ra «Borussiya» D klubidan o‘zib ketib, peshqadam bo‘lib olish imkoniyatini berdi. Har ikkala jamoa hisobida 57 ochko bor.

Bundesliga, 25-tur
9 mart

Frayburg – Herta 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 27 Petersen, 1:1 – 76 Ibishevich, 2:1 – 80, avtogol Ibishevich. 

RB Leypsig – Augsburg 0:0 

Borussiya D – Shtutgart 3:1 (0:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 62, penalti Roys, 1:1 – 71 Kempf, 2:1 – 84 Pako Alkaser, 3:1 – 90+2 Pulishich. 

Bavariya – Volfsburg 6:0 (2:0, 4:0)
Gollar: 1:0 – 34 Gnabri, 2:0 – 37 Levandovski, 3:0 – 52 Xames, 4:0 – 76 Myuller, 5:0 – 82 Kimmix, 6:0 – 85 Levandovski.

Ko‘proq yangiliklar: