TIV Rossiyadagi YTHda O‘zbekistonning olti fuqarosi halok bo‘lgani haqidagi ma'lumotni rad etdi

Jamiyat 09:02 / 07.03.2019 5591

2019 yilning 6 mart kuni qator OAVda Stavropol o‘lkasining Kochubeyevskiy tumanida (Rossiya) yo‘l-transport hodisasi yuz bergani haqida ma'lumotlar paydo bo‘ldi.

Ularda aytilishicha, ushbu YTH oqibatida O‘zbekistonning 6 nafar fuqarosi halok bo‘lgan.

TIV xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan jabrlanganlarga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi tezda o‘lka va tuman davlat tuzilmalari vakillari bilan bog‘langan.

Vazirlikning bildirishicha, YTH qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolarining yo‘qligi to‘g‘risidagi rasmiy xabar olingan.

Bundan oldin, Moskvada O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: