Rustam Sa'diyev: O‘zbek filmlarining xarajatlari va daromadlari haqidagi ma'lumotlar oshkora bo‘lishi kerak

Jamiyat 10:50 / 07.03.2019 13926

So‘nggi yillarda o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan ishlanayotgan filmlarning budjeti haqida turli shov-shuvlar ko‘paymoqda. Dastlab 2016 yilda ekranga chiqqan «Baron» filmi tomoshabin tanqidi nishoniga olingan bo‘lsa, o‘tgan yili O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan «Skorpion» filmiga sarflangan mablag‘ ko‘plab gap-so‘zlarga sabab bo‘lgandi.

O‘zbekistonda noaniq sabablarga ko‘ra filmlarning budjeti va tushgan daromadning aniq miqdori e'lon qilinmaydi. 

Taniqli o‘zbek rejissyori Rustam Sa'diyev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bu masalaga nisbatan o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

«Bizda kassani gapirmaslikka harakat qilishadi. Men o‘ylaymanki, har bir filmning box-office (tushum) ma'lumotlari oshkor qilinishi kerak. Bizda ham box-office bo‘lsa, kinofilmlarimizga ham talab bo‘ladi. Kinolarimizni chet elda ko‘rishlari mumkin. Avvalo biz o‘zimizga nisbatan shunday talabni qo‘ya bilishimiz kerak», deydi rejissyor. 

Rustam Sa'diyevning «Baron-2» filmiga xorijlik taniqli aktyorlar jalb etilmoqda. Ushbu filmga ham qancha mablag‘ sarflanishi mumkinligi haqida o‘zbek kinotomoshabinlari orasida turli shov-shuvlar tarqalgan. Rejissyorning aytishicha, film davlat buyurtmasi bo‘lib, turli homiylar mablag‘lari hisobidan tasvirga olinmoqda.

Rustam Sa'diyev bilan suhbatning to‘liq shaklini Kun.uz’ning YouTube va Mover’dagi sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Ko‘proq yangiliklar: