Pxuket plyajida uchib o‘tayotgan samolyotlar fonida suratga tushish taqiqlandi

Foto: EUTERS/Athit Perawongmetha
Tailandning Pxuket oroli rahbariyati sayyohlarga May Kao plyaji ustidan uchib o‘tuvchi samolyotlar fonida suratga tushishni taqiqladi. Bu samolyotlar yaqin oradagi aeroportda qo‘ngani sababli plyaj ustidan juda pastlab uchadi.
Plyaj qo‘nayotgan samolyotlar fonida suratga tushishni istovchi sayyohlar orasida ommalashgan. Rahbariyatning fikricha, sayyohlarning bunday tashabbusi parvozlar xavfsizligi bilan muammolarga olib keladi. Aeroport direktori o‘rinbosari Vichit Kayevsaitxiam viloyat gubernatori vakili bilan uchrashgach, odamlarga plyajga kirish qisman taqiqlanishini ma'lum qilgan. “Biz turizmdan olinuvchi daromad va aviatsiya xavfsizligi birgalikda mavjud bo‘lishini istaymiz”, deb aytgan Kayevsaitxiam va taqiqlangan hudud yaqin orada belgilab berilishini qo‘shimcha qilgan.
Pxuketdagi plyaj samolyotlarni yerga juda yaqin uchayotganini ko‘rish mumkin bo‘lgani sababli yil bo‘yi katta sondagi sayyohlarni jalb qiladi. U yerga tashrif buyuruvchi odamlarning ko‘pchiligi pastlab uchuvchi samolyotlar fonida suratga tushishni istashadi.
Mavzuga oid

08:58 / 10.03.2025
Germaniya Tramp F-35 samolyotlarini «o‘chirib qo‘yishi» mumkinligidan xavotirda

13:58 / 07.03.2025
Avstraliyada o‘smir o‘qotar qurol bilan samolyot bortiga yashirincha chiqdi

15:24 / 02.03.2025
Douglas, Boeing, Airbus va Tu-154 – Fuqaro aviatsiyasi tarixida urib tushirilgan samolyotlar

10:51 / 28.02.2025