O‘zbekiston Rossiyaga sut va go‘sht mahsulotlarini olib kirishga qo‘yilgan taqiqning bekor qilinishini so‘ramoqda

Iqtisodiyot 14:57 / 07.03.2019 15480

​O‘zbekiston rasmiylari 2003 yildan beri Rossiyaga go‘sht va sut mahsulotlarini eksport qilishga qo‘yilgan taqiqni yechishni so‘rab, murojaat qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. 

6 mart kuni O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziligida Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sergey Levin ishtirokida qishloq xo‘jaligida hamkorlik masalalari bo‘yicha tuzilgan qo‘shma ishchi guruhning ikkinchi yig‘ilishida bir qator masalalarni muhokama etildi. 

«O‘zbekiston tomoni mamlakatda qayta ishlangan go‘sht va sut mahsulotlarini RF hududiga olib kirishda qo‘yilgan taqiqni yechishni so‘radi»,​ — deyiladi vazirlik axborotida.

​Ma'lum qilinishicha, 2003 yildan buyon amalda bo‘lgan taqiq chorva hayvonlarida uchragan oqsim kasalligi tufayli joriy etilgan. 

Levin ushbu masalani qayta ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirib, O‘zbekiston Veterinariya davlat qo‘mitasidan mamlakatdagi epidemiologik holat yuzasidan ma'lumot berishini so‘ragan. Shuningdek, oqsimga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma dastur ishlab chiqish taklifi bildirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: