Izboskanlik erkakning sigaret chekib uxlab qolishi oqibatida uyi yonib, o‘zi vafot etdi

Jamiyat 02:09 / 07.03.2019 9435

O‘tgan hafta Andijon viloyati, Izboskan tumanida mudhish hodisa ro‘y berdi. Fuqaro o‘z xonadonida mast holatda sigareta chekib uxlab qolib, tiriklayin yonib vafot etgan. Voqeaga Andijon viloyat IIB YoXB quyidagicha izoh berdi:

“Joriy yilning 2 mart kuni soat 6:22 da Izboskan tumani YoXB dispetcherik xizmatiga Birlashgan mahallasi, Shalola ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar 36-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar bergan.

Tumani YoXB 2 ta jangovar yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 6:28da Shalola ko‘chasi 36-uyga yetib keladi. Bu vaqtda mazkur uy yashash xonasining derazalari qoraygan bo‘lib ichkaridan tutun chiqayotgan edi. Xodimlar yong‘inni o‘chirish maqsadida xona ichkarisiga kirishganida yo‘lakda xonadon egasi Qodirov Turg‘unboy jonsiz holda yotganiga guvoh bo‘ladilar. Yong‘in tez fursat ichida ekipaj tomonidan bartaraf etildi.

 Mazkur holat yuzasidan olib borilgan dastlabki tergovga qadar tekshiruv ishlari davomida Izboskan tumani Birlashgan mahalla fuqarolar yig‘ini Shalola ko‘chasi 36-uyda yashagan Qodirov Turg‘unboyning yashash uyida mast holda sigaret chekib uxlab qolishi oqibatida vafot etgani va yong‘in sigaretning yotoq joyiga tushib qolishi oqibatida sodir bo‘lganligi ma'lum bo‘ldi.

Yong‘in tufayli yashash xonasining 1 kv.metr maydonidagi pol qismi, uy jihozlari zararlangan. Yuqorida keltirilganidek, yong‘inni o‘chirish vaqtida xonadon egasining tutundan zaharlangan holdagi jasadi topilgan”.

Andijon viloyat IIB YoXB tomonidan yong‘inlarni hisobga olish hamda ular yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari tahlil qilinganda 2019 yilning 2 oyi mobaynida sodir bo‘lgan yong‘inlar 132 tani tashkil etib, o‘tgan 2018 yilning shu davriga nisbatan 16,5 foizga, ya'ni 26 taga  (132-158) oz. 

Aholi yashash xonadonlarida sodir bo‘lgan yong‘inlar 111 tani tashkil etib, o‘tgan 2018 yilning shu davriga nisbatan 20,7 foizga, ya'ni 29 taga  (111-140) kamaygan.

Yong‘inlar 2018 yilga nisbatan Bo‘z tumanida 100,0 foiz (2/4) ga,  Andijon tumanida 54,5 foiz (11/17) ga va Xo‘jaobod tumanida 40,0 foiz (5/7) ga ortgan.

Yong‘inlarni kelib chiqishining asosiy sabablari elektr asbob va jihozlaridan foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik 56 ta, nosoz isitish pechlaridan foydalanish 36 ta, ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish 28 ta, yosh bolalarni olov bilan o‘ynashlari 3 ta, transport vositalaridan foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik 4 ta, qasddan o‘t qo‘yish holati 4 tani tashkil etdi.

Yong‘inlarda 3 nafar inson halok bo‘lish xolati qayd etilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida 6 nafarni tashkil etib, 50,0 foizga kamaygan. Insonlarni yong‘inlarda tan jarohati olishi 1 nafarni tashkil etgan, bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning shu davrida 4 nafarni tashkil etib, 80,0 foizga kamaygan.

Yong‘inlarda insonlarni halok bo‘lish holatlarining asosiy sabablari fuqarolar tomonidan isitish pechlari, elektr va gaz tarmoqlaridan qo‘lbola moslamalaridan, rezina shlang orqali ulab foydalanishlari oqibatida sodir bo‘lgan yong‘inlar va ularda insonlarni og‘ir kuyish tan jarohatlari olishlari va olgan kuyish tan jarohatlaridan halok bo‘lganliklaridir.

Ko‘proq yangiliklar: