Jyenevada eng tezkor avtomobil taqdim qilindi

Fan-texnika 09:58 / 06.03.2019 14741

Jyenevada o‘z ishini boshlagan xalqaro avtosalonda eng tezkor giperkar Pininfarina Battista taqdim qilindi. E'tiborlisi, u elektr energiyada ishlaydi.

Pininfarina Battista afsonaviy dizaynerlik uyi asoschisi sharafiga atalgan. U Italiyada yaratilgan eng kuchli va eng tezkor avtomobil nomini oldi. Uning kuch qurilmasi 1900 ot kuchini tashkil qiladi. Mashina 186 km/soat tezlikka 12 soniyadan kamroq vaqt ichida erisha oladi. Unga faqat Ferrari va Lamborghini raqobatchilik qilishi mumkin.

Automobili Pininfarina kompaniyasi rahbari Mixail Pershkening ta'kidlashicha, bu holda yuqori unumdorlik va elektr dvigatel bir-birini istisno qiluvchi tushunchalar hisoblanmaydi.

Foto: Pininfarina
Foto: Pininfarina
Foto: Pininfarina
Foto: Pininfarina
Foto: Pininfarina
Foto: Pininfarina
Foto: Pininfarina

Avtosalonda boshqa yangi mashinalar, jumladan Koenigsegg Jesko, Hispano Suiza Carmen ham taqdim qilindi.

89-marotaba o‘tkazilayotgan avtosalon 17 martgacha davom etadi. 

Ko‘proq yangiliklar: