Moskvada O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Jamiyat 13:57 / 05.03.2019 25824

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yilning 3 mart kuni Moskva shahrida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

TIV xabarida aytilishicha, ushbu YTH oqibatida 1986 yil 4 oktyabrda Namangan shahrida tug‘ilgan mamlakatimiz fuqarosi Sardorbek Akramovich G‘afurov halok bo‘lgan.

Rossiya IIVning Moskva shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra hodisa vaqtida jarohat olgan 20 yoshli Saidjon Uksan o‘g‘li Urunov 1-son shahar klinik shifoxonasiga yuborilgan.

Mazkur masala elchixona Konsullik bo‘limi nazoratida turibdi, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: