Chiroqchida tug‘ilgan Shavkat, Miromon va Mirziyoning otasiga Spark berildi. Bu oilada 7 farzand tarbiyalanmoqda

Jamiyat 12:40 / 05.03.2019 30487

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug‘ilgan Shavkat, Mirziyo va Miromonning otasi Sherzod Do‘stumrodovga Prezident sovg‘asi — Spark mashinasi sovg‘a qilindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati «Kun.uz»ga ma'lum qildi.

«Chiroqchi tumanining Qo‘rg‘ontepa qishlog‘ida tarix fani o‘qituvchi Sherzod Do‘stumrodov oilasida dunyoga kelgan 3 nafar egizak farzandlarga davlat rahbariga havas qilib Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘yildi. 4 mart kuni Qashqadaryo viloyati hokimligi va tuman mutasaddilari chaqaloqlarning durkun va sog‘lom ulg‘ayishlari uchun ularning ota-onalariga eng kerakli bo‘lgan anjomlar va uy-ro‘zg‘or buyumlarini hamda Spark avtomashinasini sovg‘a qilishdi», deyilgan xabarda.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

«Bugungi kunda farzandlarimning ahvoli va salomatligi juda yaxshi. Nasib etsa yurtimiz koriga yaraydigan yigitlar bo‘lishsin», deydi egizaklar otasi Sherzod Do‘stumrodov.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Chiroqchi tumanidagi 166-maktabda tarix fani o‘qituvchisi bo‘lgan Sherzod Do‘stumrodov xonadonida 3 egizak joriy yilning 21 yanvar kuni dunyoga kelgan edi

Foto: «Daryo»
Foto: «Daryo»

Ma'lumot uchun, bu xonadonda bungacha ham 4 farzand bor edi. Dastlabki ikki homila rivojlanmay qolgan oilada keyinroq bir qizaloq dunyoga keladi, ketidan o‘g‘illik ham bo‘lishadi. Bir qiz va bir o‘g‘ildan so‘ng egizaklar dunyoga kelgan — biri o‘g‘il, bir qiz. Shunday qilib, farzandlar soni to‘rt nafarga yetgan — ikki o‘g‘il, ikki qiz.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Yanvarda esa yosh oila yana 3 chaqaloq bilan ko‘paygan.

Ko‘proq yangiliklar: