AliExpress rossiyaliklarga avtomobil sotishni yo‘lga qo‘yadi

Fan-texnika 14:49 / 05.03.2019 6845

AliExpress Rossiyada avtomobillarni onlayn sotishni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar berdi «Kommersant'».

Savdoga birinchi bo‘lib Xitoyning Chery kompaniyasi o‘zining Chery Tiggo 3, 4, 5 va 7 krossoverlarini qo‘yadi.

Kelgusida onlayn platformadagi avtomobil brendlari sonini oshirish rejalashtirilgan. Kompaniya xaridorlarni qo‘shimcha assortiment va maxsus takliflar orqali jalb etmoqchi.

AliExpress vakillarining aytishlaricha, mijozlarning avtomobil va mototsikllarga mo‘ljallangan mahsulotlarga qiziqishi anchadan buyon kuzatilmoqda.

Avvalroq rossiyalik milliarder Alisher Usmonov AliExpress Russia’ni ochmoqchi ekanligi xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: