Xonadon eshigini buzib kirib, 4,7 mln so‘m pulni o‘g‘irlagan ayol ushlandi

Jamiyat 09:39 / 04.03.2019 6956

2019 yil 27 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida noma'lum shaxs Sharq Yulduzi mahallasi Qorasuv qishlog‘ida yashovchi T.B.ning uyi eshigini buzib kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u xonadan 4 700 000 so‘m pulni o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sharq Yulduzi mahallasida yashovchi L.P. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: