Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishi ochildi 

Jamiyat 13:19 / 04.03.2019 21101

Toshkent shahrida yangi avtobus yo‘nalishi ochildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bugun, 4 mart kuni, Toshkentda yangi - 4A avtobus yo‘nalishi ochildi. Ushbu yo‘nalish "Izza mavzesi"dan "Chilonzor metrosi" bekatigacha harakatlanadi.

Avtobus quyidagi sxema bo‘ylab harakatlanadi: Izza mavzesi - Katta Qani ko‘chasi - Maqsud Shayxzoda ko‘chasi - Chilonzor metrosi. Yangi yo‘nalish bugundan harakatlanishni boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda haydovchi va konduktor pensioner ayolni avtobusdan haydab chiqargani  tasvirlangan video tarqalgandi.

Ko‘proq yangiliklar: