Rustam Sa'diyev «Sotqin» va Andijon voqealarining qanchalik o‘zaro bog‘liqligi haqida gapirdi

Jamiyat 19:22 / 04.03.2019 55794

Kinodagi faoliyatini komediya va oilaviy munosabatlar mavzusidagi filmlar ishlashdan boshlagan taniqli rejissyor Rustam Sa'diyev so‘nggi yillarda jiddiy mavzular – terrorizm va ekstremizm, narkobiznesga qarshi kurash mavzulariga qo‘l ura boshladi.

Rejissyorning «Sotqin» filmi ssenariysidagi voqealar Andijon voqealari bilan o‘xshash ekanligi ko‘plab savollarni yuzaga keltirgandi.

U Kun.uz muxbirining aynan ushbu masala yuzasidan savoliga javob berdi.

«Sotqin» filmida Andijon voqealari qanday bo‘lgan bo‘lsa, yaqqol shunday olib qo‘yilgan, deb bo‘lmaydi. Xuddi o‘sha jarayon rivojlanayotgan davr bitta oila ichida kechayotgan munosabatlar va ularning nuqtai nazari bilan ko‘rsatilgan. Umuman olganda, u filmda Andijon voqealarini to‘laqonli ko‘rsatib berish niyati bo‘lmagan.

Andijon voqealari butunligicha shunday bo‘lgan yoki film Andijon voqealari haqida deb ayta olmayman. Kinodagi voqealarning mag‘zi – bir oiladagi ikki xil dunyoqarash qarama-qarshiligidir. Bu bo‘lgan voqea. Oila a'zolarining ismlarini bilmayman. Film yozib berilgan ko‘rsatmalarga ko‘ra ishlangan.

Bizda Andijon voqealari unday emas, bunday bo‘lgan degan niyat bo‘lmagan. Andijon voqealarining guvohi bo‘lganlar real voqealarni film bilan taqqoslab, mazmun va ifoda mutlaqo boshqaligini tasdiqlaydi», deydi rejissyor.

Rustam Sa'diyev bilan suhbatning to‘liq shaklini Kun.uz’ning YouTube va Mover’dagi sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

 

Ko‘proq yangiliklar: