Etik va kurtka yoqasiga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari zargarlik buyumlarini yurtimizga noqonuniy olib o‘tish holatlariga chek qo‘yishmoqda.
Jumladan, mazkur postga kirib kelgan fuqaro T. N.ning xatti-harakatlari xodimlar e'tiborini tortdi. Ushbu shaxs xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada, uning qo‘l yuklari va etigi ichidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan, og‘irligi 252 grammni tashkil etuvchi 7,5 million so‘mlik 39 dona zargarlik buyumlari yashirilganligi aniqlandi.


Ushbu shaxs U.A.ning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida esa yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, jami og‘irligi 335 gramm bo‘lgan, oq metalldan yasalgan 10 million so‘mlik, 45 dona zargarlik buyumlarini yashirib, mamlakatimizga olib kirayotgani aniqlandi.
Fuqaro M.D. esa zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishning yangi usulini o‘ylab topgan ekan. Ushbu shaxs xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, egnidagi kurtkasi yoqasi chetiga yashirib tikilgan umumiy qiymati 13,3 million so‘mlik 444 gramm zargarlik buyumlarini yashirganligi fosh qilindi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

19:19 / 01.01.2025
Londonda qimmatbaho taqinchoqlar o‘g‘irlandi. Uni topishda yordam berganlarga 1,5 million funt va’da qilindi

23:41 / 13.11.2024
O‘zbekistonga 245 mln so‘mlik qo‘l soatlar va zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxslar to‘xtatildi

19:30 / 31.01.2023
Imtiyoz, qulaylik va yo‘qolayotgan byurokratiya – bojxona tizimida nimalar o‘zgardi?

23:41 / 11.01.2023