Bekoboddagi markaziy dehqon bozori oldida yuz bergan janjal oqibatida bir kishi vafot etdi

Jamiyat 17:31 / 04.03.2019 14779

2019 yil 3 mart kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahri O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan markaziy dehqon bozori oldidagi piyodalar o‘tish yo‘lagida 16 yoshli Sh.S. o‘zaro janjal oqibatida Bekobod shahrida yashagan 52 yoshli O.T.ning yuziga qo‘li bilan urgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, oqibatda O.T. boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan va voqea joyida vafot etgan.

Sh.S. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

Ko‘proq yangiliklar: