Anorning foydasi va zarari

Light 13:40 / 04.03.2019 65067

Anor meva ko‘rinishida, sharbat hamda kompotlar tarkibida iste'mol qilinadi. Po‘sti va pardevorlaridan damlama tayyorlab ichish foydali. Donlarini ham butunligicha yeb yuborish yoki turli  issiq va sovuq taomlarni tayyorlashda qo‘llash mumkin.

Foto: Pixabay

Anor kam kaloriyali mahsulot, shuning uchun u parhezga amal qiluvchi va tanasining holatiga e'tibor beruvchilar uchun ideal darajada mos keladi. Quvvat darajasi kamligiga qaramay (100 gramm mahsulotda bor-yo‘g‘i 55 kkal), meva vitaminlarga boy va inson salomatligi uchun katta foydaga ega.

Tarkibi

Yorqin va sersuv meva S, R vitaminlariga boy. Shuningdek uning tarkibida V guruhi vitaminlari V6 va V12 hamda kaliy, kalsiy, fosfor va temir minerallari ham bor. Vitaminlarning bunday birikmasi asab tizimi uchun foydali.

Anor tarkibida dezinfeksiya ta'sirini ko‘rsatuvchi moddalar bo‘lib, u ichak buzilishlari, ich ketishiga qarshi kurashishda yordam beradi.

Anor yoshlik mevasi deb ataladi. Bu uning tarkibidagi antioksidantlar miqdorining ko‘pligi bilan bog‘liq. Ushbu moddalar organizmdagi oksidlanish jarayonlarini sekinlashtiradi, boshqacha qilib aytganda, qarish jarayonini tormozlaydi. Qiziqarli fakt: ko‘k choy anor mevalari bilan taqqoslanganda kamroq antioksidantlarga ega.

Davolash xususiyatlari

Anor mevalaridan odamni tinchlantirib, asabiy zo‘riqishning oladigan choyni tayyorlash mumkin. Buning uchun pishgan mevaning po‘stlog‘i va pardevorlarini quritish lozim. Undan keyin esa choy yoki boshqa ichimlikka maydalangan quruq anordan biroz qo‘shish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: