15 yildan keyin Rossiya aholisining uchdan birini musulmonlar tashkil qilishi aytildi

15 yildan keyin Rossiya aholisining 30 foizini musulmonlar tashkil qiladi. Bunday bayonot bilan Rossiya muftiylari kengashi rahbari Ravil Gaynutdin chiqdi.
Gaynutdin 4 mart kuni Rossiya davlat dumasida o‘tgan “Rossiyada islom tarixi: kelajakka nazar bilan anglash” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanda mutaxassislar prognoziga tayanib yaqin istiqbolda Rossiyaning islom aholisi sezilarli ko‘payishini ta'kidlab o‘tgan.
“Interfaks” axborot agentligining ma'lum qilishicha, Gaynutdin 30 yildan beri Moskva jome' masjididagi bayram namozlariga imomlik qilishini va shu sababli bu prognoz amaliyotda o‘z tasdig‘ini topayotganini ta'kidlay olishini aytgan.
Avvalroq “Obshestvennoye mneniye” (“Jamoatchilik fikri”) jamg‘armasi so‘rovnoma o‘tkazib, uning natijalariga ko‘ra Rossiyada musulmonlar aholining 7 foizini, ya'ni taxminan 10 mln kishini tashkil qilishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid

22:14
KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi

14:06
Britaniya razvedkasi: Rossiya Kursk oblastida bosimni oshiryapti

23:00 / 10.03.2025
FXX ukrainaliklarning Rossiyaga kirishini 50 yilgacha taqiqlashni boshladi

17:32 / 10.03.2025