«Ona uchun eng og‘ir sinov - farzand xastaligi». Yosh yigit Xurshidbek jarrohlik stoliga yotishi zarur

Jamiyat 13:25 / 03.03.2019 16930

Inson ulg‘ayib, farzandli bo‘ladi. Ularning tinchligi, fazl-u kamoloti uchun har narsaga chidaydi. Uyqusiz kun-u tunlar o‘tkazadi. Biroq ota-ona uchun bu sinovlar ichida farzandining azobi bilan berilgan sinov eng achchig‘i bo‘lsa kerak. Navbatdagi xayriya murojaati Farg‘ona viloyati, Quvasoy tumanidan bo‘ldi. Biz bu yerda o‘z jigarbandining xastaligiga bazo‘r dosh berayotgan ota-ona va do‘stining og‘riqlariga sherik bo‘layotgan insonlarni uchratdik. Bemor yigit Xurshid Ahmedovning oldida bo‘ldik.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

«Farzandim sog‘-salomat yurgan edi. Avtohalokatga uchragandan so‘ng, mazasi bo‘lmay qoldi. Hech narsa yemay qoldi. Endi institutni bitirib, zavodga ishga kirgan edi. Toshkentgacha olib bordik. Tahlillari yaxshi chiqaverdi. Keyin Namanganda MRT qilgan edik, boshida shunday shish chiqdi. Davolanish uchun Sankt-Peterburgga yo‘llanma berishdi. U yerdan qaytib kelganda, oyog‘i oqsoqlanib, ahvoli aksincha yomonlashdi. Bizga yana MRT qilib jo‘natinglar, deyishdi. Umurtqasini MRT qildik. Yana Sankt-Peterburgga borganimizda 50 kun davolandik. O‘zgarish bo‘lmadi. Doktorlar: «Biz qo‘limizdan kelganini qildik. Bola qiyinchilik bilan yurib ketadi» deb aytishdi. Endi yana ko‘rsatsak, baribir operatsiya qilish kerak deyishyapti. Ochig‘i, mablag‘ yo‘qligi uchun Andijonga, Rossiyadan kelgan vrachlar operatsiyasiga borolmadik.

Asab tomirlarida muammolar bor ekan. Shu sababli, operatsiya qilinsa tuzalib ketar ekan. O‘zimdan o‘tganini o‘zim bilaman. Otasi ham juda qiynalib ketdi. Hech qaysi ona bolasining kasalligini ko‘rmasin ekan. Hamma bolamni uylab-joylaganmiz. Kenjamiz shunday bo‘lib turibdi. Shuncha qiyinchiliklarni ko‘rdik, lekin bunday sinov juda og‘ir bo‘lar ekan. Hech kimga bunaqa kunni ko‘rsatmasin ekan. Farzandim hali yosh. Yordam beringlar. O‘tgan safargi davolanishlariga ancha mablag‘ ketdi. Ko‘pchilikdan qarz bo‘lib qoldik», – deydi bemorning onasi .

Bemorning xastaligi ko‘rinishidan ham ma'lum edi. Uning tibbiy holatini bilmoqchi bo‘ldik. Shu sabab uning shifokori, nevrapotolog Po‘latjon Shamsiyevdan fikr oldik.

«Bu bemorimiz 2018 yil 4 apreldan beri bizda davolanadi, ro‘yxatimizda turadi. Davolanishi mobaynida 1-guruh nogironi etib belgilandi. Xurshid Ahmedovning tashxisida bosh va orqa miyada o‘sma, ikkilamchi miopatiya va qandsiz diabet mavjud. Bizda endi statsionar va ambulator davolanishda. Bunday kasalliklarni malakali onkolog va neyroxirurglar ko‘rganidan so‘ng, operatsiya qilish tavsiya etiladi», – deydi shifoxona tibbiyot xodimi.

Xurshidbekning ota-onasi bilan suhbatlashganimizda farzandining davo topishi uchun Hindistonga borishi va operatsiya qilinishi kerakligi ma'lum bo‘ldi. Zarur muolaja va operatsiya uchun 10 ming AQSh dollari atrofida mablag‘ zarur ekan.

Aziz vatandosh! Xurshidbekning tuzalib ketishida o‘z hissangizni qo‘shing. Bu yordamimiz bilan butun umr shu yigitning tashakkuriga erishsak, ne ajab. Ehson qilishdan charchamang, himmatingiz yanada baland bo‘lsin. Zotan, Parvardigor yaxshi niyatda boshlagan ishlarimizda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib madad berishi shubhasiz.

Ahmedova Malikaxon (onasi) nomiga ochilgan plastik kartochka:

Click/PayMe: 8600 0423 3095 4107 (Agrobank)

MFO: 00517

INN: 200123466

Naqd pul topshirganda: 23116000300000517001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 23118000100000517001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000800000517001

Telefon raqami: (91) 650-12-51

Jamshid Axmedov (bemorning Rossiyadagi akasi):

Sberbank kartasi: 4276 3600 1431 0681

Telefon raqami: +79140316034

Bahodir Ahmedov tayyorladi


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: