La Liga. "Barselona" "Real"ni mag‘lub etib, oradagi farqni 12 ochkoga yetkazdi

Sport 02:43 / 03.03.2019 19285

Ispaniya chempionati 26-turidan o‘rin olgan "Real Madrid" – "Barselona" o‘yini o‘z nihoyasiga yetdi. 

"Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tgan o‘yin kataloniyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi yagona gol 26-daqiqada Rakitich kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 

Shu tariqa, "Barselona" ochkolari sonini 60ta yetkazib, peshqadamlikni mustahkamlab oldi. "Real" esa 48 ochko bilan 3-pog‘onani band qilib turibdi. 

Real Madrid – Barselona 0:1

Gol: 0:1 – 26 Rakitich.
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Varan, Ramos, Regilon, Modrich, Kazemiro (Isko, 76), Vinisius Junior, Kroos (Valverde, 55), Beyl (Asensio, 61), Benzema.
Barselona – ter Stegen, Alba, Pike, Serdji Roberto, Langle, Rakitich, Artur (Vidal, 71), Buskets (Nelson Semedu, 90), Dembele (Koutino, 78), Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Buskets (2), Ramos (61), Langle (63), Asensio (82), Karvaxal (89).

Ko‘proq yangiliklar: