«Bavariya» «Borussiya»ga yetib oldi va boshqa natijalar

Sport 09:40 / 03.03.2019 5612

Bundesliganing 24-turida Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi Myunxenning «Bavariya»sini qabul qildi. Myonxengladbaxdagi «Borussiya-Park» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Bavariya» tarkibida gollarga Tomas Myuller, Serj Gnabri, Xavi Martines va Robert Levandovski (dubl) mualliflik qilishdi, maydon egalari safida Lars Shtindl bitta javob goli urdi.

Opta ma'lumotiga ko‘ra, Germaniyaning amaldagi chempionlari Bundesligadagi gollari sonini 4000taga yetkazgan va bu Bundesliga rekordi hisoblanadi.

Myunxenliklar Germaniya chempionatidagi g‘alabali seriyasini davom ettirib (ketma-ket 4 g‘alaba), ochkolari sonini 54taga yetkazdi va turnir jadvalida bu turda «Augsburg»ga yutqazib qo‘ygan  Dortmundning «Borussiya» klubi bilan tenglashib oldi. Keyingi 4 o‘yinda uchinchi marta mag‘lub bo‘lgan myonxengladbaxliklar klubi esa to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi (43 ochko).

Germaniya chempionati
24-tur
Borussiya M – Bavariya 1:5 (1:2, 0:3)

Gollar: 0:1 – 2 Martines, 0:2 – 11 Myuller, 1:2 – 37 Shtindl, 1:3 – 47 Levandovski, 1:4 – 75 Gnabri, 1:5 – 90, penalti Levandovski.
Borussiya M – Zommer, Lang (Djonson, 76), Ginter, Elvedi, Vendt, Noyxaus (Zakariya, 65), Kramer, Xofmann (Raffael, 72), Azar, Shtindl, Plea.
Bavariya – Noyyer, Kimmix, Zyule, Boateng, Rafinya, Martines, Alkantara, Myuller (Chjon Vu Yen, 86), Xames (Sanshesh, 80), Gnabri (Devis, 83), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Xofmann (9), Boateng (51), Alkantara (57), Kramer (70).

Nyurnberg – RB Leypsig 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 40 Klostermann.
Nyurnberg – Mateniya, Valentini, Myul, Everton, Lyaybold, Kubo (Knell, 81), Leven, Erras, Berens, Kerk (Misidyan, 66), Isxak.
RB Leypsig – Gulachi, Klostermann, Konate, Orban, Xalstenberg, Adams, Kampl (Mukiyele, 90), Zabitser (Bruma, 90), Laymer, Poulsen, Mateus Kunya (Ilzanker, 86).
Ogohlantirishlar: Lyaybold (36), Zabitser (51), Berens (57), Konate (58), Kampl (70).

Shalke – Fortuna 0:4 (0:1, 0:3)
Gollar: 0:1 – 35, penalti Lukebakio, 0:2 – 62 Kovnatski, 0:3 – 68 Raman, 0:4 – 84 Kovnatski.
Shalke – Nyubel, Bruma, Sane, Nastasich (Skribski, 46), Kalidjuri, Stambuli, Bentaleb, Mendil, Ut (Embolo, 77), Burgshtaller (Kutudju, 61), Xarit.
Fortuna – Renzing, Tsimmermann, Ayxan, Kaminski, Gisselmann, Zobottka (Xoffmann, 71), Raman (Usami, 76), Barkok, Fink, Kovnatski, Lukebakio (Duksh, 86).
Ogohlantirishlar: Zobottka (13), Burgshtaller (17), Ut (21), Nastasich (35), Kovnatski (41), Bruma (73).

Herta – Mayns 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 0:1 – 46, avtogol Shtark, 1:1 – 50 Gruyich, 2:1 – 60 Shtark.
Herta – Yarsteyn, Shtark, Lustenberger, Torunariga, Lazaro, Mayyer, Gruyich, Mittelshtedt, Duda (Baak, 90), Kalu (Lekki, 77), Zelke (Ibishevich, 67).
Mayns – Myuller, Donati (Kunde, 87), Bell, Niakate, Aaron Martin, Oztunaly, Gbamen, Latsa (Maksim, 79), Kvayson, Udja, Onisivo (Mateta, 65).
Ogohlantirishlar: Bell (61), Donati (87).

Ayntraxt F – Xoffenxaym 3:2 (1:1, 2:1)
Gollar: 1:0 – 20 Kostich, 1:1 – 43 Joelinton, 1:2 – 60 Belfodil, 2:2 – 89 Aller, 3:2 – 90 Gonsalu Pasiyensiya.
Ayntraxt F – Trapp, Ture (Villems, 69), Xinteregger, Ndika, da Koshta, Xasebe, Rode (Gonsalu Pasiyensiya, 80), Kostich, Gachinovich, Aller, Rebich (Yovich, 46).
Xoffenxaym –    Baumann, Adams, Grillich, Posh, Brenet, Amiri (Amade, 82), Demirbay (Salai, 37), Shuls, Joelinton, Kramarich, Belfodil (Nelson, 78).
Ogohlantirishlar: Adams (15), Kramarich (89).
Chetlatish: Adams (65).

Bayyer – Frayburg 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 4 Arangis, 2:0 – 73 Beyli.
Bayyer – Gradetski, Vayzer, Ta, Bender (Dragovich, 22), Yedvay, Arangis, Baumgartlinger, Brandt, Xaverts (Kor, 85), Folland, Beyli (Paulino, 87).
Frayburg – Shvolov, Kyubler, Linxart, Xayns, Gyunter, Xaberer, Frants (Gondorf, 74), Abrashi (Xeler, 81), Grifo, Valdshmidt (Niderlexner, 68), Petersen.

Augsburg – Borussiya D 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 24 Chji Don Von, 2:0 – 67 Chji Don Von, 2:1 – 81 Pako Alkaser.
Augsburg – Kobel, Shmid, Danzo, Xedira, Stafilidis (Taygl, 17), Bayyer (Getse, 89), Xan, Ku Chja Chxol, Gregorich, Maks, Chji Don Von (Kordova, 83).
Borussiya D – Byurki, Xakimi, Akandji, Zagadu, Diallo, Vitsel, Dileyni (Gerreyru, 66), Sancho, Roys (Pako Alkaser, 66), Bruun Larsen (Filipp, 76), Getse.
Ogohlantirishlar: Gerreyru (84), Xan (84), Xakimi (90).

Turnir jadvali

Ko‘proq yangiliklar: