«Real» va «Barselona» bugungi klasiko uchun qaydnomasini taqdim etdi

Sport 10:38 / 02.03.2019 16219

Bugun La Liganing 26-turi doirasida Madridda «Real»–«Barselona» uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:45da start oladi.

Klublar mazkur o‘yin uchun qaydnomaga kiritgan futbolchilari ro‘yxatini e'lon qilishdi.

«ReAL»:
Darvozabonlar 
- Tibo Kurtua, Keylor Navas, Luka Zidan;
Himoyachilar- Serxio Ramos, Rafael Varan, Daniel Karvaxal, Marselo, Serxio Regilon, Xesus Valexo;
Yarimhimoyachilar - Luka Modrich, Kazemiru, Toni Kroos, Dani Sebalos, Isko, Federiko Valverde, Marko Asensio;
Hujumchilar - Karim Benzema, Lukas Vaskes, Garet Beyl, Vinisius Junior, Mariano Dias.

«BARSeLONA»:
Darvozabonlar – Mark-Andre ter Shtegen, Yasper Sillessen;
Himoyachilar – Nelson Semedu, Jyerar Pike, Kleman Langle, Jordi Alba, Samyuel Umtiti, Jyeyson Murilo;
Yarimhimoyachilar – Ivan Rakitich, Filippe Koutinyu, Artur Ramos, Serxio Buskets, Serxi Roberto, Karles Alenya, Arturo Vidal;
Hujumchilar – Usmon Dembele, Malkom, Luis Suares, Lionel Messi.

Eslatib o‘tamiz, La Liga jadvalini «Barselona» 57 ochko bilan boshqarib turibdi. 2-o‘rinda 50 ochkoga ega «Atletiko», 3-pog‘onada 48 ochko jamg‘argan «Real» bormoqda.

«Atletiko» ertaga 8 o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmay kelayotgan «Real Sosedad» mehmoni bo‘ladi. Basklar jamoasining mag‘lubiyatsiz seriyasi 18-turda «Santyago Bernabeu»da «Real» ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0)dan boshlangan.

Ko‘proq yangiliklar: