Isroil Madrimov va Elnur Abduraimov navbatdagi jangini qachon o‘tkazishi aniq bo‘ldi

Sport 10:00 / 02.03.2019 19524

O‘zbekistonlik bokschilar Isroil Madrimov va Elnur Abduraimovning navbatdagi jangi qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar qilmoqda.

Unga ko‘ra, Madrimov professional boksdagi ikkinchi jangini 9 mart kuni o‘tkazadi. Uning raqibi va jang qayerda bo‘lishi haqidagi ma'lumot yaqin soatlar ichida e'lon qilinadi.

Elnur Abduraimovning yangi jangi esa 23 mart sanasiga belgilandi. Jang Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilib, vakilimiz mezbon bokschi Dmitriy Xasiyevga qarshi ringga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Elnur shu paytgacha 3 marta professional boksda jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan. Xasiyev esa 11 marta jang qilib, 8 bor zafar quchgan (2 nokaut), 2 bor durang qayd etgan va 1 marta mag‘lubiyatga uchragan.

Avvalroq, Shohjahon Ergashev WBA’ning yangilangan reytingida bir pog‘ona yuqorilagani, Shahram G‘iyosov reytingni tark etgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: