Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shohjahon Ergashev WBA’ning yangilangan reytingida bir pog‘ona yuqoriladi, Shahram G‘iyosov reytingni tark etdi

Foto: Getty Images
Butunjahon boks assotsiatsiyasi WBA professional bokschilarning yangi reytingini e'lon qildi. GoSport.uz xabariga ko‘ra, unda o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev (16-0, 14 KO) mavqeyini yaxshilab oldi.
Super yengil vazn (-63,5 kg) toifasida ishtirok etayotgan Shoxjahon Ergashev fevral oyi reytingida bir pog‘ona yuqorilab, 4-o‘ringa ko‘tarilgan. O‘tgan oydagi reytingda 15-o‘rinda bo‘lgan boshqa bir o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shahram G‘iyosov esa reytingni tark etgan.
Shohjahon Ergashev 15 fevral kuni amerikalik Maykal Foksga (19-1, 5KO) qarshi ringga chiqqan va unda ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongandi. Ergashev o‘zining 17-jangini joriy yilning 13 aprel kuni o‘tkazadi. Nyu-Jyersi shtatining Atlantik Siti shahrida joylashgan Boardwalk Hall arenasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan jang 10 raundga mo‘ljallangan.
Shahram G‘iyosov 23 fevral (Toshkent vaqti bilan 24 fevral) kuni Meksikada mahalliy bokschi Edgar Puertani (25-12-1, 19 KO) beshinchi raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi. U 26 aprel kuni Kaliforniya shtatining Inglvud shahrida joylashgan mashhur kazino markazi Forum saroyida sakkizinchi jangi uchun ringga ko‘tariladi.
Yangilangan reytingda ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev 1-o‘rinda joylashgan va jahon chempionlik kamari uchun birlamchi da'vogar nomini saqlab qolgan.
Shuningdek, super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida bitta jang o‘tkazgan Isroil Madrimov (1-0, 1KO) esa reytingda 9-o‘rinda qolmoqda.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)

17:24 / 06.01.2025
Ayiq bilan kurashgan bokschi Shahram G‘iyosov jarimaga tortildi

00:13 / 29.12.2024
Bokschi Shahram G‘iyosovning ayiq bilan kurashi tarmoqlarda e’tirozlarga sabab bo‘ldi

09:49 / 01.08.2024