Angliyada fevral oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

Sport 21:23 / 01.03.2019 4728

Angliya Premer-Ligasida fevral oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e'lon qilindi.

Ro‘yxatga Virjil van Deyk, Sadio Mane (ikkalasi ham - «Liverpul»), Pol Pogba, Lyuk Shou (ikkalasi ham - «Manchester Yunayted»), Uilfrid Zaa («Kristal Pelas»), Serxio Aguero («Manchester Siti»), Eshli Barns («Byornli») va Shon Longstaff («Nyukasl») kiritildi.

G‘olib nomi APL saytida 4 martga qadar o‘tkaziladigan so‘rovnomada aniqlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: